WhatsApp messenjeri JioPhone tugmachalari telefonlar uchun versiyani taqdim etdi. Bu haqda kompaniya blogida aytiladi.
JioPhone brendi ostida Hindistonning Jio aloqa operatori 4G’ga kirishi mumkin bo‘lgan, KaiOS operatsion dasturi bazasidagi tugmachali telefonlarni ishlab chiqaradi. 2018 yilning iyun oyida KaiOS ishlab chiqaruvchilari Google’dan platformani rivojlantirish uchun 22 million dollar olishdi.
Ushbu operatsion tizim Firefox OS asosida yaratilgan, uni ishlab chiqish bo‘yicha loyiha Mozilla tomonidan 2017 yilda yopiladi. KaiOS bilan nafaqat Hindistonning JioPhone’i, balki Nokia, TCL va Micromax’dan telefonlar ham ishlaydi.
Tugmachalari bor telefonlar uchun WhatsApp’ni 2018 yil 10 sentabrdan ilovalar do‘konidan yuklab olish mumkin. Messenjerdan tashqari, KaiOS’dagi qurilmalarda «Google Xarita», YouTube, Facebook va boshqa ilovalardan foydalanish mumkin.