O‘zbekiston jalb qilingan sarmoya hajmi bo‘yicha MDHda nechanchi o‘rinda?

Iqtisodiyot 12:54 / 11.09.2018 12814

O‘zbekiston II chorakda jalb qilingan sarmoya hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. 1,24 milliard dollar yoki 51% sarmoya jalb qilingan, deb yozmoqda Spot.

Qayd etilishicha, bu Yevroosiyo taraqqiyot bankining xalqaro banklarning investitsiya faoliyati sharhida keltirilgan.

Jalb qilingan sarmoya hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Rossiya 855,3 million dollar (umumiy moliyalash 33%) miqdorda ajratilgan sarmoya bilan egalladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Rossiya ma'qullangan loyihalar soni bo‘yicha birinchilikni egallashdi. O‘tgan chorak uchun har bir mamlakatda beshtadan tashabbus tasdiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: