Yaponiyaning Nomura kompaniyasi tahlilchilari Damocles deb atalgan, valyuta inqirozlari haqida «erta ogohlantirish» indeksini ishlab chiqishdi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Indeksda 30ta rivojlanayotgan bozorlar valyuta inqirozlariga yaqinlik darajasi bo‘yicha hisoblab chiqilgan bo‘lib, u har chorakda yangilanadi, deya aniqlik kiritgan RBK.
Uchinchi chorak boshidagi holatga ko‘ra (2018 yil iyul), Nomura indeksiga qaraganda, yettita emerging markets eng ko‘p xavf ostida qolgan: Shri-Lankada inqiroz istalgan vaqtda yuz berishi mumkin, Argentina va Turkiyada u boshlanib bo‘ldi, JAR, Pokiston, Misr hamda Ukrainada yaqin 12 oy ichida sodir bo‘lishi mumkin.
Nomura iqtisodchilarining ta'kidlashicha, Argentina, Misr, Shri-Lanka va Ukraina XVJga yordam so‘rab murojaat qildi yoki jamg‘armaning moliyaviy dasturida qatnashmoqda.
Shu bilan birga, indeks valyuta inqirozi xatarlari juda past bo‘lgan mamlakatlar guruhini ajratish imkonini beradi: ular Braziliya, Bolgariya, Indoneziya, Qozog‘iston, Peru, Tailand va Rossiyada deyarli nol darajada. Hisobotda O‘zbekiston yo‘q.