Downdetector servisi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Facebook bilan deyarli hech qanday muammo yo‘q.
Spot’ning yozishicha, bundan ijtimoiy tarmoq ishidagi nosozliklar aks etuvchi xarita darak bermoqda, unda O‘zbekiston ikki kundan beri qizil rangni (ko‘plab muammolar) och yashil rangga (kam sonli muammolar) o‘zgartirdi. Bu esa, muammo, katta ehtimol bilan, servisdan emasligini bildiradi.
Shu bilan birga, mamlakatda Facebook’ga kirish hali ham qiyinchilik tug‘dirmoqda, bu VPN’ning ommabopligini oshirmoqda.
Agarda O‘zbekistondagi iOS foydalanuvchilari anchadan beri shunday ilovalarni faollik bilan yuklab olayotgan bo‘lsa, endi ularga Android’dagi telefonlarni ishlatadiganlar ham qo‘shildi.
O‘tgan hafta Google Play’da O‘zbekiston bo‘yicha eng yuklanib oluvchi ilovalar 20taligida bironta ham VPN yo‘q edi, bu hafta esa unda birdaniga ikkitasi paydo bo‘ldi - Secure VPN 18-o‘ringa ko‘tarildi (198 pozitsiyaga o‘sish), Thunder VPN 9-pog‘onaga (172 pozitsiyaga o‘sish).
O‘zbekistonda VPN’ga qiziqish 3 sentabr kuni Facebook va boshqa saytlarga kirish bilan boshlangan muammolarga bog‘liqdir.