Qozog‘iston Xalq banki (Halyk Bank)ning boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova avgust oyi oxirida O‘zbekiston bozoriga joriy yil oxirigacha kirish rejalari haqida gapirgandi.
Bankning Toshkentdagi filiali Tenge Bank nomini oldi. Bundan Qozog‘iston fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti.
Qozog‘iston Xalq bankining direktorlar kengashi 6 sentabr kuni O‘zbekistonda Tenge Bank aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etishni ma'qulladi.
Avvalroq, Xalq banki O‘zbekiston bilan hukumatlararo bitimni imzolagani ma'lum bo‘lgandi. Uning doirasida Qozog‘iston banklariga O‘zbekistonda vakolatxonalar ochishga imkon beruvchi choralar ko‘rildi.
Kutilishicha, bankning filial kompaniyasi 2018 yil oxirigacha ochiladi.