Britaniya boy ruslar uchun viza cheklovlari joriy etmoqchi - OAV

Foto: Hannah McKay / Reuters
Britaniya Ichki ishlar vazirligi hozirgi vaqtda vizalar berish jarayonini, shuningdek, Buyuk Britaniyada 700dan ortiq badavlat rossiyaliklar uchun istiqomat qilish huquqini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Guardian yozyapti.
Yangi choralar Britaniyada «Novichok» asab-falajlovchi modda bilan zaharlash holati bo‘yicha batafsil ma'lumotlar paydo bo‘lgach ishlab chiqilmoqda. Ushbu hodisa oqibatida GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliya 2018 yilning mart oyida jabrlandi. London uni zaharlashga Moskva aloqador ekanini bildirmoqda, Rossiya esa Buyuk Britaniya hududida yuz bergan bu voqeaga bog‘liq emasligini iddao etyapti.
Britaniya Ichki ishlar vazirligidagi manbaning ma'lum qilishicha, kelajakda rossiyalik investorlarga viza berishga cheklovlar joriy etish talab qilinadi. Xususan, gap «investitsion viza»larning Tier 1 toifalaridan biri haqida ketmoqda. Ta'kidlanishicha, hozircha vaqtda vizalar 2015 yilning 5 apreliga qadar ularni olgan rossiyaliklar uchun qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallar ishida Jyeneva shahrining muhim o‘rni aniqlangandi.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

16:09 / 09.03.2025
Rishi Sunak: Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirish kerak

19:58 / 07.03.2025
Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga birinchi milliard dollarni taqdim etdi

22:17 / 04.03.2025