Tanishing: Lada Xray - Kun.Uz videotahlili 

Fan-texnika 17:50 / 07.09.2018 72088

Kun.Uz tahririyati o‘quvchilar e'tiboriga yangi loyihani havola etadi. Bunda O‘zbekistonda Rossiyaning «AvtoVAZ» avtokompaniyasi mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadigan Rodell mas'uliyati cheklangan jamiyati yaqindan hamkorlik qildi. Mazkur loyihada Lada Xray krossoveri haqida batafsil so‘z yuritishga harakat qildik. Albatta, avtomobilning ekstereri va intereriga to‘xtalib, krossover shahar va shahar tashqarisida boshqarib ko‘rildi. 

SUV uslubidagi, anchagina baland Lada Xray B0 platformasi negizida ishlab chiqiladi. Shassi yuqori klirens, yo‘l yuzasidan deyarli 0,200 mm (0,195). Bu mashinani yaxshiroq boshqarish va energiya samaradorlikni ta'minlaydi. Quyida uning texnik ko‘rsatkichlari bilan tanishish imkoniga egasiz. 

Lada Xray to‘la vazni 1 650 kg bo‘lib, gabarit uzunligi 4 165 mm, eni 1 764 mm.ni tashkil etadi. G‘ildiraklar bazasi uzunligi – 2 592 mm.

Old va orqa o‘qlarga tushadigan vazn taqsimi 51ga 49 foiz nisbatda. Yukxona hajmi orqa o‘rindiqlar tik holatda – 361 litr, orqa o‘rindiqlar yig‘ilganida – 1 207 litr, orqa va old yo‘lovchi o‘rindiqlari yig‘ilganda 1 514 litrni tashkil etadi. 

Lada Xray krossoveriga 3 xil: 114 (1,6 l), 106 (1,6 l) va 122 (1,8 l) ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatiladi. Xaridor istagiga ko‘ra, mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisiga ega krossover havola qilinadi. 

P.S.: Qayd etish o‘rinliki, ushbu lavha tayyorlashda, bu boradagi ilk urinish bo‘lgani bois,  juz'iy xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. O‘ylaymizki, o‘quvchilarimiz buni to‘g‘ri tushunishadi. Fikr va mulohazalarni info@kun.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘rab qolamiz. 

Ko‘proq yangiliklar: