Shahrisabz: Maqomning san'atdagi o‘rniga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
7 sentabr kuni MAQOM ART 2018 forumi doirasida Shahrisabz shahrida maqomning san'atdagi o‘rniga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi milliy PR-markaz vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xosagraxar Visveraya kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
Anjumanda Ozarboyjon, Germaniya, Misr, Italiya, Xitoy, AQSh, Qozog‘iston va ko‘plab boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda "Maqom - Movarounnahr sivilizatsiyasining tovushli ifodasi", "Sohibqiron Amir Temur va maqom kabi mavzular muhokama qilindi.



Mavzuga oid

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

08:12 / 07.03.2025
Toshkentda 4 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi

07:35 / 10.01.2025
Ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga “yashil tadbirkor” maqomi beriladi

08:54 / 12.09.2024