Turli gadjyetlar haqida sizib chiqqan ma'lumotlarni chop etishga ixtisoslashgan bloger Benjamin Geskin o‘zining mikroblogida egiluvchan ekranli bukiluvchan smartfonning prototipi tasvirlangan videorolikni joylashtirdi.
Videoga berilgan izohga ko‘ra, smartfonda Xitoyning BOE Display kompaniyasi tomonidan yaratilgan egiluvchan ekran qo‘llanadi. Displeyning diagonali 5,99 dyuymni, ko‘rsatish sifati Full HD+’ni tashkil qiladi. Rolikda smartfonning bukilishi jarayoni namoyish qilingan. So‘ngra smartfonni ushlab turgan odam uni blokdan chiqaradi.
Ayni vaqtda bozorda egiluvchan ekranli smartfonlar yo‘q, biroq bunday qurilmalarni yaratish bilan ko‘plab kompaniyalar shug‘ullanmoqda. Bunday smartfonni birinchi bo‘lib Samsung bozorga chiqarishi mumkin – oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, gadjyet taqdimoti joriy yil oxirigacha o‘tkaziladi.