Internetda beshta kamerali Nokia smartfonining surati paydo bo‘ldi

Fan-texnika 19:50 / 07.09.2018 21990

Internetda beshta kamerali Nokia smartfonining surati paydo bo‘ldi, deb xabar berdi IT Home resursi.

Suratda qurilmaning orqa tarafi tasvirlangan bo‘lib, unga Zeiss optikali beshta sensor o‘rnatilgan. Obektivlar yonida chaqnagich joylashgan.
Taxmin qilinishicha, bu Nokia 10 modeli bo‘lib, avvalroq internetda mazkur modelning kameralari xuddi shu tarzda joylashgan chizmalari paydo bo‘lgandi. 

Huawei P20 Pro jahondagi uchta kamerali ilk smartfonga aylangandi. Uning kuchli tomonlari – tunda ham suratga olish va besh karra gibrid zum. DxO Mark mutaxassislari smartfon kamerasini mobil bozordagi eng yaxshi kamera deb topishgan.

Ko‘proq yangiliklar: