Tadbirkor Endryu Left Tesla asoschisi Ilon Maskni sudga berdi, deb xabar qilmoqda CNBC.
Leftning bildirishicha, konsern asoschisi Tesla aksiyalari narxi bilan manipulyatsiya qilib, birja firibgarliklarini amalga oshirgan. Xususan, Mask tvitterdagi o‘z sahifasida kompaniyani xususiy qilmoqchi ekani va moliyalashtirish «kafolatlangani» haqida yozgan. Shundan so‘ng Tesla aksiyalari kursi beqaror ko‘rinish kasb etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi Tesla aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha kompaniya rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Fond Tesla asoschisi Ilon Maskka kompaniyani aksiyadorlardan sotib olishiga yordam berishi kerak bo‘lgan kelishuvda ishtirok etmoqchi edi.