BMW avtomobillarini ovoz orqali boshqarish mumkin bo‘ladi

Fan-texnika 19:14 / 07.09.2018 5893

Germaniyaning BMW avtokonserni o‘z avtomobillarida ovozli yordamchi paydo bo‘lishini ma'lum qildi. Assistent yordamida avtomobilning qo‘shimcha funksiyalarini boshqarish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda TechCrunch.

Ovozli yordamchi Amazon Alexa texnologiyasi va Microsoft Azure bulutli ombori asosida ishlaydi. Tizim avtomashinaning bort kompyuteriga o‘rnatiladi va u bilan muloqot qilish mumkin bo‘ladi. Haydovchi ovozli buyruq orqali chiroqlarni yoqishi, oyna tozalagichlarni ishga tushirishi hamda sun'iy ong bilan turli mavzularda suhbatlashishi mumkin bo‘ladi. Ovozli assistent gap ma'nosini ham tushunadi: masalan, "BMW, men sovqotyapman" deyilsa, salonni isitish tizimi ishga tushadi.

BMW ovozli yordamchi 2019 yil martidan kompaniyaning 23ta mamlakatda sotilayotgan avtomobillariga o‘rnatishga va'da bermoqda. Shuningdek, tizim bir necha tillarda muloqot qilishi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: