Mobicon 2018 konferensiyasiga tashrif buyurishni istaganlar, endi mazkur tadbiring rasmiy saytiga - Mobicon.uz kirib, ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Ushbu saytda tadbir haqida, spikerlar haqida barcha ma'lumotlar joylangan. Shuningdek, saytda VIP-chiptalarni sotib olish haqida talabnoma qoldirsa ham bo‘ladi.
Hozirda Mobicon.uz saytida tadbirda ishtirok etishi aniq bo‘lgan spikerlar haqida barcha ma'lumotlar bor. Bir necha kundan so‘ng tadbirda ishtirok etuvchi spikerlarning chiqish vaqtlari belgilangan aniq jadval ham e'lon qilinadi.
An'analarga sodiq qolgan holda, faqat bir kun – 11 oktabrda Mobicon 2018 konferensiyasi International Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tadbirda tinglovchi sifatida ishtirok etish bepul. Taklifnomani qo‘lga kiritish uchun tadbirning rasmiy Telegram kanalida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Konferentsiyadan uch kun avval Telegram kanalning barcha obunachilariga elektron taklifnoma jo‘natiladi. Mazkur taklifnoma bilan konferensiya o‘tkazilayotgan binoga kirish mumkin.
Mobicon – O‘zbekistondagi mobile-sohasidagi muhim konferensiya bo‘lib, ketma-ket uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Har yili konferensiyada dunyoning va O‘zbekistonning eng yirik IT-kompaniyalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etib keladi. Xususan, Beeline mutaxassislari, Google, Yandeks, “Odnoklassniki”, YouTube, Mail.ru Group va boshqa ko‘plab kompaniyalar.
Tadbir tashkilotchisi – Ledokol Group media agentligi. Ledokol Group Mobiconʼdan tashqari, 2011 yildan beri USENET internet-konferensiyasini tashkil etib keladi. Konferentsiya homiylari: CLICK to‘lov tizimi, MacCoffee savdo belgisidan Cafeʼ PHO hamda rasmiy mobil homiy – MEIZU kompaniyasi. Tadbirining IT-hamkori WebNow kompaniyasi, Event-hamkori – Unique Present. Tadbirning SMM-hamkori Africa agentligi. Bu yilgi konferensiya ham parallel tarzda, ikkita anjuman zalida o‘tkazilib, tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘zlariga qiziq bo‘lgan spikerlarni tanlab, ularni eshitish imkoni bo‘ladi.