Rossiyadan 41 milliard dollar olib chiqib ketiladi

Iqtisodiyot 11:22 / 06.09.2018 26622

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2018 yilda mamlakatdan chiqib ketadigan mablag‘lar oqimi bo‘yicha prognozni ikki baravarga oshirdi. Bu haqda «Iqtisodiyot surati. 2018 yilning avgusti» vazirlik saytida e'lon qilingan hisobotida aytiladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lar olib chiqib ketiladi.

Kapitalning chiqib ketishi - moliyaviy hisobning salbiy saldosidir - u mamlakat to‘lov balansining bir qismi sanaladi. Unda mamlakatga investitsiyalar sifatida kirib kelgan va olib chiqib ketilgan mablag‘lar hisobga olinadi - ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bunda kompaniyadagi ulush o‘n foizdan ko‘proq miqdorda xarid qilinadi), ham portfel (aksiyalar va obligatsiyalarning minoritar to‘plamlari), shuningdek, norezidentlarga muqaddam olingan kreditlar bo‘yicha berilgan kreditlar va to‘lovlar hajmi.

Dastlabki yetti oy davomida Rossiyadan olib chiqib ketilgan kapitallar oqimi bir yil avvalgi 8,7 milliardga nisbatan 21,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Mamlakat MB fikricha, bunday dinamika xorijiy aktivlarni faol sotib olish va chet elliklar oldidagi rus banklarning qarzini kamaytirish bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Estoniyadagi Danske Bank orqali Rossiya va MDHdan 30 mlrd dollar o‘tkazilgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: