Huawei “Robokidz Education” NTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Fan-texnika 11:56 / 06.09.2018 5945

Huawei kompaniyasi “Robokidz Education” NTM bilan Sheriklik Kelishuvini imzoladi hamda axborot texnologiyalari va robotsozlik sohasidagi yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Foto: Huawei 

Bugungi kunda Huawei kompaniyasi O‘zbekistondagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qiziquvchi yosh avlodni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor bermoqda. “Seeds for the Future” loyihasi doirasida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Toshkentdagi Inha universiteti bilan hamkorlik bunga misol bo‘la oladi. Ushbu hamkorlik samarasi o‘laroq, talabalar Xitoyda malaka oshirib, ta'lim uchun stipendiyalar ko‘rinishida grantlar oladilar.

«Biz universitetlarda ta'lim olayotgan yoshlarni qamrab olibgina qolmay, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning axborot texnologiyalari va robotsozlik sohasida o‘z ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirishlariga ko‘mak ko‘rsatishni ham istaymiz. Robokidz Education bolalarda o‘yin shaklida axborot texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi, zero yaqin kelajakda aynan shu bolalar jamiyatdagi raqamli transformatsiyalarning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadilar”,- deya izohladi “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ XK direktori Van Pen.

«Kompaniyamiz nuqtai nazarida, yirik korporatsiyalar e'tiborini bolalarimiz texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga jalb etishning ajoyib imkoniyatidir! IT-texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasining yetakchilardan biri bo‘lmish Huawei kompaniyasi bolalarimizga yuksak texnologiyalar olami bilan yanada yaqinroq tanishishlari va raqamli iqtisodiyot asrida raqobatbardosh bo‘lishlari uchun imkoniyat bermoqda”,- deb qayd etdi “Robokidz Education” NTM direktori Timur Azamatov.

Robokidz Education – Toshkentdagi ilk robototexnika maktabi bo‘lib, u 2015 yilda ta'sis etilgan va shu kunga qadar bolalar va ularning ota-onalari orasida o‘zini ijobiy tarzda namoyon eta olgan. Robokidz O‘zbekistonda robototexnika yo‘nalishini faol targ‘ib etib keladi. Xususiy maktablarda ma'ruzalar o‘qiladi, maktablar va markaz o‘rtasida musobaqalar o‘tkaziladi. Hozirda ta'lim markazi 16 ta filial ochgan.

Foto: Huawei 

Markazda baholar qo‘yilmaydi, o‘quv jarayoni shunday yo‘lga qo‘yilganki, unda bolalar bir-birlari bilan muntazam musobaqalashadilar. G‘oliblar kelgusida Robofest (Rossiya), World Robot Olympiad (Hindiston) kabi xalqaro musobaqalarda qatnashadilar. Shuningdek, 2018 yil may oyida maktab Tashkent Robo Challenge birinchi shahar musobaqasini tashkil etdi va muvaffaqiyatli o‘tkazdi, unda poytaxtning oltita xususiy maktabidan bolalar va o‘smirlar qatnashdilar.

Robokidz Educationning asosiy vazifasi – bolalarga injyeneriya, axborot texnologiyalari, konstruktorlash hamda aniq fanlarga mehr va qiziqishni singdirish. Kelgusida butun mamlakat bo‘ylab robototexnikani rivojlantirish, uni IT-texnologiyalarga ixtisoslashgan o‘quv muassasalarida fan predmeti sifatida joriy etish rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: