Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ishida Toshkent vaqti bilan 4 sentabr kuni kechqurun uzilishlar yuz bera boshladi.
Downdetector servisi ma'lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar asosan serverga ulanish bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berishgan.
Uzilishlar markazlaridan biri O‘zbekistonga to‘g‘ri kelgan. Boshqalari - Yaponiya va Avstraliyaga.