O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sdi

Iqtisodiyot 17:35 / 05.09.2018 54072

Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda dollar va yevro kurslari yana o‘sdi.

O‘tgan hafta davomida dollar 15,7 so‘mga qimmatladi va hozirda uning narxi 7842,93 so‘mni tashkil etadi. Yevro kursi 0,99 so‘mga ko‘tarildi va 9097,01 so‘mga teng bo‘ldi.

Rossiya rubli biroz arzonlashdi (0,29 so‘mga) va 116,17 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sgandi.

Keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi to‘rt haftadan beri o‘sib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: