Yangi sovutgich modeli lol qoldiruvchi samaradorligi, original dizayn va uzoq muddat xizmat qilishiga doir ishonchli kafolati bilan farq qiladi
Berlin, 2018 yil 30 avgust — LG Electronics (LG) kompaniyasi IFA 2018 ko‘rgazmasida quyi qismida muzlatgich kamerasi bo‘lgan yangi sovutgich bilan navbatdagi marralarni zabt etish istagida. Ilg‘or model o‘zining energiya samaradorligi, ishonchliligi va ko‘plab qulay funksiyalari bilan bozordagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Bu sovutgich, shuningdek sohada ichki kompressor uchun 20 yillik kafolat muddatiga ega bo‘lgan ilk sovutgichga aylandi. U Centum System texnologiyasi tufayli uzoq yillar mobaynida zamonaviy va samarador sovutgich qidirayotgan iste'molchilar uchun tabiiy tanlovdir.
Bu ustunliklarga mijoz istaklarini aks ettiruvchi dinamik qarorlarni shakllantirish uchun qator ilg‘or texnologiyalarni integratsiya qilish hisobiga erishiladi. Sovutgich yuragi — liniyali LG invertor liniyali (LG Inverter Linear Compressor) kompressori bo‘lib, oddiy kompressordan 32 foiz samaraliroqdir. Bu va yana boshqa qator samarali funksiyalar quyi muzlatgich kamerali sovutgichning energiya iste'molini qisqartirish hamda A +++ - 40 reytingini taqdim etish imkonini beradi. Bu sovutgichning A+++ tasnifidagi sovutgichlar bilan taqqoslaganda 40 foiz kamroq energiya iste'mol qilishini va elektr energiyasi hisobidan tejash mumkinligini anglatadi.
Ilg‘or invertor liniyali kompressori (Inverter Linear Compressor) ham ishonchlilik va uzoq xizmat qilish muddatini sezilarli yaxshilaydi. Mahsulotni jiddiy sinovdan o‘tkazish sharoitlari shuni ko‘rsatdiki, LG invertorli liniya kompressori (Inverter Linear Compressor) o‘rnatilgan Centum System sovutgichi kunlik foydalanish natijasida kamroq uringan va amortizatsiyasi ham yaxshi saqlangan. Shuning barobarida 25 foiz kamroq shovqin* chiqargan. Tadqiqot, shuningdek sovutgichning asosiy texnologiyasi o‘rtacha xizmat muddati taxminan 20 yillar atrofida ekanini ko‘rsatdi, bu esa, raqobatchilarning mahsulotlaridan ancha yuqori ko‘rsatkichdir.
Quyi muzlatgich kamerali yangi Centum System sovutgichi, shuningdek mahsulotlarning sarxilligini ta'minlay oladigan texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu LG kompaniyasining mijozga yo‘naltirilgan falsafasini nazariyadan amaliyotga aylantiradi. Linear Cooling™ funksiyasi harorat o‘zgarishini ±0,5˚C da saqlaydi. Fresh Balancer va Fresh Converter texnologiyalari esa, har bir oziq-ovqat mahsulot namligi va haroratini saqlashda foydalanuvchilarga sodda nazoratni taqdim etaddi. Bundan tashqari, DoorCooling+™ texnologiyasi sovutgichning yuqori qismidagi sovuq havoning aylanishini ta'minlab, eshikdagi savatchalar kabi qismlarida ham bir xil harorat bo‘lishiga imkon beradi. Zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan ajoyib dizaynerlik yechimlari sababli quyi muzlatgich kamerali Centum System sovutgichi jozibali qora noshaffof va zanglamas po‘latli ishlanmasi bilan faxrlana oladi. Eshikdagi metall qoplamali sensorli displey va ichki qismining butunlay metalldan ishlangani ulkan nafislikka o‘ziga xos uyg‘unlik baxsh etadi.
«LG kompaniyasi quyi muzlatgich kamerali sovutgichni ishlab chiqarish borasida uzoq vaqt ishladi. U nafaqat energiya iste'moli ko‘rsatkichlari va uzoq xizmat qilish borasida, balki dizaynda ham yangi me'yorlarni o‘rnatishi kerak edi. Quyi muzlatgich kamerali Centum System sovutgichi — ushbu ishning eng yuqori nuqtasidir, — deydi LG Electronics and Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Song De-xun (Song Dae-hyun). — Bizning quyi muzlatgich kamerali Centum System premium toifasidagi sovutgichimiz yuqori tasnifli sovutgichlar bozoridagi LG o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi».
31 avgustdan 5 sentabrgacha bo‘lgan vaqt mobaynida IFA 2018 ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan LG kompaniyasining Berlindagi Messe markazida joylashgan 18 pavilonida quyi muzlatgich kamerali yangi sovutgichni va boshqa yangi xo‘jalik texnikalarini ko‘rish imkoniga egasiz.
Reklama huquqi asosida