@UniverseIce taxallusli insayder Samsung kompaniyasi 4 ta kamerali smartfon ishlab chiqarishini ma'lum qildi. Yangi qurilma yil oxirigacha taqdim qilinadi.
Insayderning ta'kidlashicha, qurilmaning asosiy xususiyati 4 ta modulli asosiy kamerasi bo‘ladi. Uning aytishicha, kompaniya 4 kamerali smartfon ishlab chiqargan ilk kompaniyaga ham aylanadi. Smartfon qanday nomlanishi hozircha noma'lum.
Samsung bir yilda ikkita flagman smartfon chiqaradi va sentabr holatiga ko‘ra kompaniya yangi qurilmalari – Galaxy S9 va Galaxy Note 9 smartfonlarini taqdim qilib bo‘ldi.
Ayni vaqtda kamerasining ko‘pligi bo‘yicha Huawei P20 Pro smartfoni rekordchi hisoblanadi. U 3 ta kamera bilan jihozlangan.