McLaren 21 yil ilgarigi superkarni qayta tikladi

Fan-texnika 21:16 / 03.09.2018 8140

McLaren Special Operations (MSO) bo‘linmasi sertifikatlashtirish dasturi doirasida 1997 yilgi namunadagi McLaren F1 GTR Longtail mashinasini yangi holatga keltirganini ma'lum qildi.

Foto: motor.ru

Sertifikatlashtirish dasturi yo‘l va poyga F1 avtomobillari egalari uchun ishlab chiqilgan. Unda superkarning kelib chiqishi, asosiy ehtiyot qismlarining haqiqiyligi, poygalardagi ishtiroki haqida aniq ma'lumotlar berilishi kafolatlanadi.  

McLaren F1 egasi sertifikat bilan birga avtomobil tarixi haqidagi kitobga ega bo‘ladi. Dasturga 64ta yo‘l va 28ta poyga «Maklaren»lari kiritilgan.

Foto: motor.ru

F1 GTR 25R 1997 yilgi mavsumga Gulf-Davidoff jamoasi uchun tayyorlangan uch superkardan biridir. «Le-Mandagi 24 soat» poygalaridagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng avtomobil ta'mirlanib, Yaponiyaga sotib yuborilgan va u 2005 yilgacha turli musobaqalarda qatnashgan.

Mashinani tiklash uchun 18 oy vaqt ketdi. Buning uchun MSO mutaxassislari zavod omborida saqlab kelingan haqiqiy ehtiyot qismlardan foydalanishdi.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Ko‘proq yangiliklar: