Xitoy iqtisodiyoti savdo urushidan jabr ko‘ra boshladi

Iqtisodiyot 14:36 / 03.09.2018 16448

Avgust oyida Xitoyda biznes faollik indeksi (PMI) pasaygan, deb yozmoqda Caixin biznes nashri. Ko‘rsatkich 0,2 punktga, 50,6 darajaga tushib ketdi. Bu 2017 yil iyun oyidan beri eng past natija.

Nashrning ta'kidlashicha, Xitoy korxonalarida ishlab chiqarish darajasi o‘sishda davom etmoqda, ammo yangi buyurtmalar soni yil bo‘yicha eng past darajaga tushib ketdi. Bu ham ichki, ham eksport bozorlarida kuzatilmoqda.

Sotib oluvchilarni qo‘rqitayotgan yana bir omil - yuqori narxlar. Mahsulot tannarxi avgust oyida inflyatsiyadan keyin o‘sdi. Shu bilan birga, bandlik darajasi pasayib ketdi va shuning uchun ko‘plab kompaniyalar hattoki olingan buyurtmalarni bajarolmadilar.

Caixin pasayishni savdo urushi va bozor ishtirokchilarini bezovta qilayotgan «noaniq istiqbollar» bilan bog‘lamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: