4 sentabr kuni Stokgolmda yangi Mercedes-Benz krossoverining jahon premerasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Nemislar Shvetsiya poytaxtida ikki yil avval debyuti o‘tgan Generation EQ kontsepti taqdimotini o‘tkazishadi. Shu haftada premium-brend EQC nomini olgan konveyer variantning bir necha tizer-videosini namoyish qilgan edi. Endi esa yana bir juft rolik paydo bo‘ldi - birida krossoverning old qismi to‘liq namoyon bo‘lgan bo‘lsa, boshqasida - uning intereri.
Mercedes-Benz EQC tashqi ko‘rinishi jihatidan prototipidan farq qiladi. Elektrokrossning old qismida radiatorning xrom panjarasi paydo bo‘ldi, uning prototipida esa panjara "chizilgan" LED'lardan iborat edi. Orqa fonarlar ham boshqacha - ularning shakli o‘zgargan.
Avtomobil saloni esa Mercedes'ning so‘nggi modellari uslubida jihozlangan.
Krossover Daimler konserni elektrik modellari uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi platformaga qurilgan. Generation EQ prototipi ikki elektrodvigatel va 70 kVt*s sig‘imli litiy-ion batareyalar bloki bilan ta'minlangan.