Apple kompaniyasining haydovchisiz avtomobili Kaliforniya shtatida avariyaga uchradi, bu kompaniya shunday mashinalarni sinovdan o‘tkazayotgani haqidagi mish-mishlarni tasdiqladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 24 avgust kuni sodir bo‘lgan. Haydovchisiz avtomobil avtomobil yo‘liga chiqish uchun soatiga 1,5 kilometrdan kamroq tezlikda harakatlangan. Shu payt boshqa bir mashina uning ortiga urilgan.
Ta'kidlanishicha, har ikki mashina ham zarar ko‘rgan, tomonlarning hech biri jarohat olganlar haqida xabar bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab o‘quvchisi Apple serverlarini buzib kirgandi.
Avstraliyalik o‘smir Apple serverlarini buzib kirib, u yerdan 90 gigabayt himoyalangan fayllarni yuklab olgan.