Yangi modeldagi iPhone smartfoni surati uning rasmiy taqdimotiga bir necha kun qolganda 9to5Mac portali tomonidan namoyish qilindi. Ta'kidlanishicha, Apple’ning yangi mahsuloti iPhone XS deb nomlanadi.
Portalning ma'lum qilishicha, model ikkita versiyada – 5,8 va 6,5 dyuym diametrga ega OLED-ekran bilan chiqariladi. Smartfon iPad uchun interfeyslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Avvalroq yangi iPhone taqdimoti 12 sentabrda Kupertinodagi Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingandi.