Soliq hisobotida qanday ko‘chmas mulk ko‘rsatiladi?

Iqtisodiyot 09:59 / 31.08.2018 6393

Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
  
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha barcha hisobot shakllari Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirildi. 2018 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar mol-mulk solig‘i solish obekti hisoblanadi (Soliq kodeksining 266-moddasi):

• ko‘chmas mulk, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan ko‘chmas mulk;
• normativ muddatda tugallanmagan qurilish obektlari;
• belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar.
 
Hisobotda ko‘chmas mulkka nimalar kirishi ham aniqlashtirilgan, bular:

• binolar;
• inshootlar;
• yer bilan uzviy bog‘liq uzatish qurilmalari;
• ko‘p yillik dov-daraxtlar.
 
2018 yil 1 apreldan eksport qiluvchi korxonalar uchun, shuningdek mahalliylashtirish dasturlariga kiritilganlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinganligi munosabati bilan Mol-mulkka solinadigan soliq hisob-kitobiga quyidagi ilovalar faqat 2018 yil I choragi yakunlari bo‘yicha to‘ldiriladi:

• mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulkni aks ettiruvchi 4-ilovaning 0301-satri;
• 5-ilova «Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mol-mulk hisob-kitobi»;
• 6-ilova «Eksport ulushiga bog‘liq holda mol-mulk solig‘i stavkasiga tuzatish kiritish».
 
Quyidagi shakllar mol-mulkka solinadigan soliq bo‘yicha hisobotdan chiqarib tashlandi, sababi respublika hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan norezident yuridik shaxslar, doimiy muassasa tashkil etilganidan qat'i nazar, 2018 yil 1 yanvardan boshlab mol-mulk solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi:  

• O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarida mavjud asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risida ma'lumotnoma;
• O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar)ga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida ma'lumotnoma.
 
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: