Rossiya O‘zbekistonning logistika bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi

Iqtisodiyot 12:33 / 28.08.2018 6989

Rossiya O‘zbekistonning qo‘shma ulgurji-taqsimlash tarmoqlari va transport-logistika xablarini tashkil etish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar beradi O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi.

Umumiy loyihalarni amalga oshirish 24 avgust kuni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinning Toshkentga tashrifi davomida muhokama qilindi. U Rossiya va O‘zbekiston chegara hududlarida ulgurji-taqsimlash tarmoqlari va transport-logistika xablarini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

«Bu yuklarni tashish uchun qulay shartlar va maxsus tariflarni, shu jumladan tranzit mamlakatlar hududlari orqali ta'minlaydi. Bundan tashqari, ushbu loyiha tadbirkorlik sub'yektlarining transport-logistika va transport-ekspeditsion xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, yuklarni tashish hamda logistika zanjirlarining optimal sxemalarini ishlab chiqish borasidagi ehtiyojlarini qondirish uchun samarali logistika tarmog‘ini shakllantirish imkonini beradi», - deya ta'kidlab o‘tishdi Tashqi savdo vazirligidan. 

Rossiya tomoniga eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining («Rossiyskiy eksportnyy sentr», «Roseksimbank» va «ESKAR») ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlikni faollashtirish hamda O‘zbekiston banklari va «Vneshekonombank» o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish taklif qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: