Xitoy vs AQSh. JST savdo urushi qurboniga aylanishi mumkin

Iqtisodiyot 17:32 / 28.08.2018 10061

Xitoy-AQSh savdo urushining kuchayishi vaqtida Jahon savdo tashkilotini (JST) ushbu tuzilmani yo‘qotib qo‘yishdan himoya qilish bo‘yicha jarayon tezlashmoqda, deya xabar beradi Bloomberg ikki nafar amaldorga tayangan holda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, kelasi oyda Yevropa ittifoqi Bryusselda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yaponiya savdo vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuv JSTning marginallashuv jarayonini oldini olishga qaratilgan sa'y-harakatlar bir qismi bo‘ladi.

Uchrashuv oldidan butun dunyo bo‘ylab oliy darajada taxminan o‘nga yaqin yig‘ilishlar o‘tkaziladi, ular kelgusi yil davomida savdo sohasidagi keskinliklarni yumshatish maqsadida bo‘lib o‘tadi.

Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik kuchayib borayotganligi sababli, JSTga tashkilot sifatidagi tahdidlar ham jiddiylashmoqda, deyiladi materialda.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoydan tovarlarga bojlar joriy etib, JST iqtisodiy muammolarni hal qila olmasligini e'lon qildi. JSTning o‘z tuzilmasida hozirgi vaqtda islohotlar haqida o‘ylashmoqda, deya davom etadi Bloomberg.

Xususan, JSTni isloh qilish va Xitoyning adolatsiz savdo xatti-harakatlariga qarshi kurash kelgusi yilda dunyoning turli burchaklarida, shu jumladan Ottavada bo‘lib o‘tadigan hamda o‘nlab savdo vazirlari ishtirok etadigan uchrashuvlarda muhokama qilinadi.

Ushbu mavzular noyabr oyida, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi yig‘ilishda, Buenos-Ayresdagi «Katta yigirmatalik» yig‘ilishida va Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumi maydonlaridagi vazirlar yig‘ilishida ham ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Xitoy savdo urushida zarbalar almashgani xabar qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: