Google O‘zbekistonga virtual muzeylar yaratishda yordam beradi

Fan-texnika 20:45 / 28.08.2018 4475

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni mamlakatda madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi. Hujjatda tasdiqlangan «yo‘l xaritasi»ga ko‘ra, O‘zbekistonda asosiy madaniyat va san'at obektlari bo‘ylab 3D-turlar yaratiladi.

Qarorda Madaniyat, Tashqi ishlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Moliya vazirliklariga virtual turlar yaratish bo‘yicha Google Cultural Institute bilan hamkorlik o‘rnatish topshirildi.

Yaqin vaqt ichida muzeylar, teatrlar va boshqa obektlar haqida zarur ma'lumotlar joylashgan sayt ishga tushadi. Shuningdek, saytda barcha obektlarga yo‘nalishni ko‘rsatib beradigan interaktiv xarita ham bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron chipta savdosi ham yo‘lga qo‘yiladi. 

Ma'lumot uchun, Google Cultural Institute platformasi dunyodagi yuzlab muzey, madaniyat institutlari va arxivlarni birlashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: