E'lonlar saytida oltin konlari sotuvga qo‘yildi

Foto: RIA "Novosti"
Avito e'lonlar saytida oltin konlari sotuvga qo‘yildi. Ma'lum qilinishicha, xohlovchilar bir xil narxdagi oltin konlarini nafaqat Rossiya, balki xorijdan ham sotib olishlari mumkin.
Masalan, bir yarim milliard rublga Amur daryosida joylashgan 1445 kvadrat kilometr maydondagi oltin konlari taklif etilmoqda. Bu yerda oltindan tashqari, kumush va molibden zaxiralari ham mavjud. Qimmatbaho metalni qazib olish uchun litsenziya 2030 yilgacha amal qiladi va yana 15-20 yilga uzaytirish mumkin.
Xabarovsk o‘lkasining Ulch tumanidagi oltin konlari 950 million rublga sotuvga qo‘yilgan.
Chelyabinsk viloyatida esa oltin qazib olish bilan shug‘ullanuvchi korxona 160 million rublga taklif etilmoqda. Oltoydan 65 million rublga 350 kilogramm tasdiqlangan oltin zaxirasiga ega konni sotib olish mumkin.
150 million rublga Zambiyadagi oltin, mis va boshqa foydali qazilmalar qazish bilan shug‘ullanuvchi korxonaning ulushini sotib olsa bo‘ladi. Qazib olish maydoni qariyb 108 kvadrat kilometr.
Mavzuga oid

21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi

13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:20 / 03.02.2025