2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston YaIM 153 trln so‘mni tashkil etdi

Iqtisodiyot 12:43 / 28.08.2018 7350

Joriy yilning 27 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani, deputatlar Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining 2018 yil I yarim yillikdagi ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqishgani xabar berilgandi.

Joriy yilning I yarmi yakuniga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti qariyb 153 trillion so‘mni, bu borada o‘sish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 foizni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, 2017 yilning mos davriga nisbatan sanoat – 6,1 foizga, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 2,7 foizga, qurilish – 9,7 foizga, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1,7 foizga, boshqa xizmatlar sohasi – 5 foizga o‘sishiga erishildi.

2018 yilning birinchi yarmida Davlat byudjyeti tasdiqlangan parametrlarga muvofiq amalga oshirilib, 144,3 mlrd. so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilishi ta'minlangan.

Hisobot davrida Davlat byudjyeti daromadlari 33 161,5 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47,7 foiz o‘sishiga erishilgan, belgilangan reja 4 863,7 mlrd. so‘mga ortig‘i bilan yoki 117,2 foizga bajarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: