O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘smoqda

Iqtisodiyot 13:30 / 27.08.2018 47231

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 28 avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 23,44 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 7827 so‘mu 23 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Yevro kursi esa 170 so‘mu 83 tiyinga ko‘tarilib, 1 yevro 9096 so‘mu 02 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir rubl kursi 76 tiyinga o‘sib, 1 rubl kursi 116,46 so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi o‘tgan haftadan yana o‘sa boshladi. O‘tgan haftada kurs 13.59 so‘mga qimmatlashgandi.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: