Yaponiya uchar avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Fan-texnika 11:50 / 27.08.2018 8891

Yaponiya 2020 yilgacha 20ta yirik kompaniya bilan hamkorlikda uchar avtomobillarni ishlab chiqara boshlaydi. Bu haqda Bloomberg nashri yozmoqda.

Uber, Boeing, NEC, Toyota Motor, ANA, Japan Airlines va Yamato kompaniyalari ushbu masala bo‘yicha ilk uchrashuvlarini o‘tkazishadi. 

Parvoz qiluvchi mashinalardan tabiiy ofatlar paytida foydalanilishi aytilmoqda. Mamlakat hukumati xorijda ham shu kabi texnologiyalarning faol rivojlanishi uchun ushbu g‘oyani tezroq amalga oshirishga harakat qilmoqda. 

Bundan avval xabar qilinganidek, Yaponiyada uchar avtomobillarning to‘liq miqyosdagi prototipini yaratish bo‘yicha faol harakat olib borilmoqda. Cartivator kompaniyasi Toyota Motors, NEC  elektrotexnik kompaniyasi va boshqa milliy korporatsiyalar bilan ishlayapti. Konstruktorlarning aytishicha, mashina 10 metr balandlikda va soatiga 100 km tezlikda harakatlana oladi. Transport vositasi elektromobil ko‘rinishida bo‘ladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: