LG kompaniyasi roboti sun'iy idrokka ega robotlar ishlab chiqarishda yangi davrni boshlamoqda

Fan-texnika 10:22 / 26.08.2018 7211

LG Electronics (LG) yaqin o‘n yil mobaynida xizmat ko‘rsatish robotlarini yetakchi ishlab chiquvchisi bo‘lishga harakat qilib, IFA 2018 ko‘rgazmasida birinchi insonga yo‘naltirilgan ko‘chma robotni taqdim etadi. LG tomonidan ilgari taqdim etilgan robot-gid (Guide Robot), robot-tozalovchi (Cleaning Robot) va robot-ofitsiant (Serving Robot) kabi robotlardan farqli ravishda, LG CLOi SuitBot portativ roboti aeroportlar kutish zallari va mehmonxona foyelarida mustaqil ravishda harakat qilmaydi. Uning vazifasi - foydalanuvchi oyoqlarini qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirish, hamda shu tariqa, ularga ko‘proq harakatlanish va nisbatan kamroq yuklama berishni ta'minlash.

O‘tgan yili LG inson organizmining kundalik hayotdagi imkoniyatlari cheklovlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan robotlarni ishlab chiqish bo‘yicha startap investoriga aylandi. Olib yuriluvchi robotlar yordamida hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini o‘rganadigan SG ROBOTICS startapi bilan hamkorlikda LG CLOiSuitBot roboti ishlab chiqildi. Qulay va tabiiy ravishda aylanadigan birlashmalar  CLOi SuitBot robotiga yurganda, ishlaganda va tik turganda inson tanasining quyi qismini kuchaytirish uchun yumshoq va tabiiy harakatlar qilish imkonini beradi. Sandalga o‘xshash poyabzal va avtomatik robotni sozlash funksiyasi foydalanuvchiga kostyumni osonlik bilan kiyish va yechish imkoniyati beradi - bu LG CLOiSuitBot robotining boshqa ekzoskeletli kostyumlardan asosiy farqidir.

Bundan tashqari, LG CLOiSuitBot roboti LG’ning boshqa servisli robotlari bilan (CES 2018 ko‘rgazmasida ilk bor taqdim etilgan) aloqani o‘rnatishi mumkin va ishlab chiqarish, logistika hamda tarqatishda ish joylarida kerak bo‘lgan ma'lumotlarni va vositalari uzatish uchun kichik «aqlli» tarmoqning bir qismiga aylanadi. LG CLOi xizmat ko‘rsatish robotlari LG’ning tijorat sohasida sun'iy idrokdan foydalanish bo‘yicha keng qamrovli tashabbusi doirasida ishlab chiqilmoqda. Sun'iy idrok texnologiyasi LG CLOi SuitBot robotiga o‘rganish va biometrik ma'lumotlar hamda atrof-muhitni tahlil qilish va farqlash texnologiyasi yordamida rivojlanish, harakatlarni maksimal ishlash uchun eng yaxshi holatlarni qidirish maqsadida o‘lchash vaa tahlil qilish imkonini beradi.

«LG CLOi SuitBot roboti bizning hayotimizga aniq qulaylik va innovatsiyalarni olib kirayotgan servis robotlari qatorini kengaytirishga tarafdor ekanimizning bir tasdig‘idir, - deydi LG’s Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Daxyun Song (Song Dae-hyun). - Bu foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqaga mo‘ljallangan, sun'iy idrok qo‘llanilgan ilg‘or mahsulotlar keng qatoridan atigi bir misol. Bu foydalanuvchilarga qulayliklarni ancha yaxshilash va bizning robototexnika sohasidagi tashabbuslarimizni yangi avlod rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchga aylantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi harkatlarimiz».

31 avgustdan 5 sentabriga qadar Berlindagi IFA ko‘rgazmasi 18-pavilonida LG stendiga tashrif buyuruvchilar kompaniyaning robotlar qatori bilan tanishishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: