AQSh kongressi vakillar palatasining energetika va savdo bo‘yicha qo‘mitasi ko‘rsatmalar berish uchun Twitter kompaniyasi rahbari Jyek Dorsini chaqirtirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘mita Dorsini ijtimoiy tarmoq ishidagi algoritmlarni borasida so‘roq qilishni rejalashtirmoqda.
Ta'kidlanishicha, qo‘mita Twitter ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan ma'lumotni qanday kuzatib borishi va nazorat qilishini bilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Eron bilan bog‘liq o‘nlab akkauntlarni o‘chirib tashlagandi.