Facebook foydalanuvchilar ishonchliligini baholash tizimini joriy etdi

Fan-texnika 08:27 / 22.08.2018 3660

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar obro‘sini baholash uchun tizimni joriy qildi, unda ishonchlilik darajasi noldan birga qadar bo‘lgan shkalada aniqlanadi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, kompaniya ushbu tizimni o‘tgan yildan buyon tayyorlab kelayotgandi.

Yolg‘on axborot tarqatish bilan kurash departamenti rahbari Tessa Lionsning ma'lum qilishicha, shkala soxta yangiliklar bilan kurash doirasida ishlab chiqilgan.

Avvalroq, Amerikaning Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda ishonchsiz ma'lumot tarqatishga qarshi kurash doirasida Rossiya va Eron bilan aloqador qator sahifalarni o‘chirib yuborgani xabar qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: