Video: Islom Karimov Islom dini haqida
Islom Karimov Fondi Qurbon Hayiti munosabati bilan maxsus video e'lon qildi. Unda O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning Islom dini haqidagi so‘zlari bir videorolikda tasvirlangan.
“Menga O‘zbekistonda nima uchun madaniyat qadimiy, deb savol bersa shunday derdim: Avvalambor dinimiz tufayli. Islom dini bo‘lmasa agar, bizlar hech qanaqa bunday madaniyatga ega bo‘lmasdik.
Xalq qachon xalq? Uning ma'naviyati bo‘lsa, qadriyati bo‘lsa, muqaddas dini bo‘lsa, o‘ziga xos va o‘ziga mos, ming yillar davomida shakllangan tafakkur hamda e'tiqodi bo‘lsa, ongi, iymoni bo‘lsa. Bu bo‘lmasa agar, hech narsa bo‘lmaydi”, - deyiladi videoda.
Mavzuga oid

12:25 / 30.01.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

17:10 / 17.10.2024
Islom olamining zabardast ulamolari Toshkentda jamlandi - fotoreportaj

13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi

13:30 / 02.09.2024