Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Islom olamining zabardast ulamolari Toshkentda jamlandi - fotoreportaj
15-16 oktyabr kunlari O‘zbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Islom olamining yirik ulamolari, din va jamoat arboblari qatnashdi. Kun.uz muxbiri xalqaro konferensiyaning Toshkentdagi tadbirlaridan fotoreportaj taqdim qiladi.
15 oktyabr kuni Toshkentda boshlangan konferensiya 16 oktyabr kuni Xiva shahrida yakunlandi. Sammitda Islom olamining ko‘zga ko‘ringan ulamolari, muftiylar, din arboblari va xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Tashkilotchilarga ko‘ra, konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – shiddatli globallashuv sharoitida Islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Kun.uz muxbiri konferensiyaning Toshkent shahridagi tadbirlarida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.
Shayx Muhammad Avvoma – Ibn Xaldun universiteti doktori, zamonamizning eng yirik muhaddis ulamosi.Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy – Dorul ulum Karachi Islom universiteti professori, zamonamizning mujtahid olimi.Mavlono Arshad Madaniy – Dorululum Devband madrasasi mudiri, Hind ulamolari jamiyati raisi.Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy – Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Qatar universiteti Shariat va islomshunoslik fakulteti professori.Doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma – Dorul hadis al-Avvomiya markazi raisi.Shayx Abdurahmon Abdulloh al-Zayd — Islom Olami uyushmasi Bosh kotibi o‘rinbosari, Islom fiqhi uyushmasi bosh kotibiShayx Nuriddin Xoliqnazarov – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiyProfessor Zulkifl bin Muhammad al-Bakriy, Malayziya sobiq Vaqf ishlari vaziriNazir Muhammad Ayyod – Misr Arab Respublikasi Bosh muftiysi. Foto: Muslim.uzChapdan: Shayx Saloh Abulhoj – Butunjahon islom ilmlari universiteti professori hamda Bulg‘or islom akademiyasi ilohiyot kafedrasi o‘qituvchisi Sayful AsriyNavro‘zbay Tag‘anuli – Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiyAbdulaziz qori Zokirov – Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari, muftiyOllohshukur Poshshozoda – Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislomShayx Alijon qori Fayzulloh – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’on va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiriRushan hazrat Abbyasov – Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisining birinchi o‘rinbosariIsmoil Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – O‘zbekiston musulmonlari idorasi maslahatchisi, “Hilol nashr” matbaa nashriyoti rahbariChapdan: Zayniddin Eshonqulov – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari hamda Homidjon Ishmatbekov muftiyning birinchi o‘rinbosariMuhammad Ayyubxon domla Homidov – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi
Hasanxon Yahyo Abdulmajid – Toshkent shahridagi Hasanboy jome masjidi imom-noibi
Shu bilan birga tadbirda bir qator rasmiy shaxslar hamda keng jamoatchilik vakillari ham qatnashdi.
Xayriddin Sultonov – O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi, spichrayterMuzaffar Komilov – O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisiSodiqjon Toshboyev – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiFirdavs Abduxalikov – Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriDavronbek Maqsudov – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari
Rasmlar muallifi: Farrux Absattarov va Javohir G‘ayratov