LG IFA 2018 ko‘rgazmasida ovozdan taniy oluvchi va ko‘zgu-shisha dizaynli kiyimni parvarish qilish tizimlarini namoyish qiladi

Fan-texnika 20:40 / 21.08.2018 5345
Foto: LG

LG Styler'ning ikki yangi modeli aqlli texnologiyalar va dizayn sohasida yangi standartlarni o‘rnatmoqda

LG Electronics (LG) kompaniyasi IFA 2018 ko‘rgazmasida LG Styler'ning yangi modellari - bug‘ yordamida kiyimlarni parvarish qilish tizimini namoyish etadi. LG Styler ThinQ va LG Styler Mirrored Glass Door foydalanuvchilar uchun qulay funksiyalarga ega - bu funksiyalar kiyimlar tozaligini ta'minlash bilan birga ularning gipoallergenligi va bejirim tashqi ko‘rinishini ham kafolatlaydi. Foydalanuvchilar ovozli buyruq orqali LG Styler ThinQ'ni boshqarishi mumkin, LG Styler Mirrored Glass Door esa o‘ziga xos zamonaviy tashqi ko‘rinishga va maksimal funksionallikka ega.

Foto: LG

LG Styler ThinQ va LG Styler Mirrored Glass Door samarali TrueSteam™ texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u bug‘ yordamida kiyim-kechaklarning tozaligi va gipoallergenligini ta'minlash imkonini beradi, yoqimsiz hidlar va mikrob hamda bakteriyalarning 99,9 foizi yo‘qoladi. Harakatlanuvchi ilgak kiyimni qoqadi, bu va bug‘ bilan ishlov berish kichik g‘ijimlarni tekislash, kiyimlarni tozalash imkonini beradi. Shimlar uchun maxsus press ulardagi chiziqni qayta tiklaydi. "Ehtiyotlab quritish" funksiyasi hatto eng qat'iy parvarishni talab qiluvchi matolarni ham tartib bilan va tez quritish imkonini beradi.

Foto: LG

LG Deep ThinQ'ning LG Styler ThinQ asos kabi eksklyuziv AI platformasi ovozli buyruqlar yordamida yanada takomillashtirilgan nazoratni ta'minlaydi. LG Styler'ni faollashtirish uchun "Salom, LG" deyishning o‘zi yetarli. Foydalanuvchilar ovozli buyruqlar yordamida tizimni yoqib o‘chirishlari, parvarish sikllarini tanlashlari va ishga tushirishlari, nosozliklarni diagnostika qilishlari va hatto optimal rejimni tanlash bo‘yicha tavsiyalar olishlari mumkin.

LG Styler Mirrored Glass Door  o‘zining premium dizayni, qulay ko‘zguli eshigi bilan har qanday intererni to‘ldirish barobarida, LG Styler ThinQ kabi kiyimlarni parvarish qiluvchi samarali qurilma bo‘la oladi.

"LG kompaniyasi eng yangi texnologiyalarga ega LG Styler kabi mahsulotlari bilan yangi avlod kiyimlarni parvarish qilish sohasida birinchi bo‘lish imkoni bilan faxrlanadi, - deydi LG Electronics va Home Appliance&AirSolution Prezidenti Song Daxyun. - LG iste'molchilar qulayligi darajasini oshirishga doir ishlarini davom ettiradi va ularni yangicha xususiyatlar va texnologiyalarga ega takomillashtirilgan maishiy uskunalar bilan quvontiradi".

Foto: LG

31 avgustdan 5 sentabrgacha IFA ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchi LG stendi mehmonlari LGStyler'ning kengaytirilgan lineykasi va boshqa innovatsion maishiy jihozlar bilan shaxsan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: