O‘zbekiston-Tojikiston tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon qariyb 2,3 barobar oshdi

Iqtisodiyot 07:25 / 17.08.2018 5016

O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan buyon qariyb 2,3 barobar oshdi, deb xabar beradi Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika bo‘yicha agentlik.

«Aziya-Plyus»ning yozishicha, O‘zbekiston Tojikiston ijobiy savdo balansiga ega bo‘lgan MDHdagi ikkinchi davlatga aylandi (Moldovadan so‘ng). O‘zbekiston tovarlarining importi 67 million dollarni tashkil qildi, Tojikiston esa qo‘shni davlatga taxminan 94 million dollarlik mahsulotlar eksportini amalga oshirdi.

Bunga qadar, mustaqillikning barcha yillari davomida O‘zbekiston tovarlari importi Tojikiston mahsulotlari eksportidan ko‘proq bo‘lgan.

Joriy yilning mart oyida Dushanbedagi Tojikiston-O‘zbekiston biznes-forumi yakunlari bo‘yicha Tojikistondan O‘zbekistonga 482 million dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilishni nazarda tutadigan 16ta hujjat imzolandi. Shu bilan birga, o‘zbek mahsulotlarining importi 143 million dollarga teng bo‘lishi kerak.

Hozirgi vaqtda Tojikiston qo‘shni respublikaga birlamchi alyuminiy, elektr energiyasi, paxta tolasi, ruda, sement, ishlov berilmagan charm, pilla, ipak xomashyosi, turli gazlamalar, spirtli ichimliklar, gilam va shunga o‘xshash narsalarni eksport qilmoqda.

O‘zbekistondan import qilinadigan tovarlar orasida to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, plastmassa, poyabzal, keramika, rangli metallar, elektr va mexanik uskunalar bor.

Ko‘proq yangiliklar: