Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko iste'foga chiqarilgan vazirni zavodda ishlashga jo‘natdi

Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti
Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Vitebsk viloyatining Orshansk tumaniga tashrifi davomida hukumat ishini tanqid qilib, bir nechta vazirni ishdan bo‘shatdi va birini zavodga ishga jo‘natdi. Bu haqda BeLTA agentligi xabar bermoqda.
«Topshirilgan ishga mas'uliyatsiz munosabatda bo‘lgani uchun Nikolay Sherstnevga qat'iy hayfsan berilsin. Vitaliy Vovk, Anatoliy Cherniy zudlik bilan iste'foga chiqarilsin. Oleg Dvigalev va Stanislav Zas — xizmat vazifasiga mutlaqo noloyiq. Ishlarni kuzgacha to‘g‘rilashmasa, har bir korxona bo‘yicha axborot berishmasa, ketadigan joyiga ketadi. Qolgan mas'ullarni shunchaki ogohlantiraman», — dedi Lukashenko.
Nikolay Sherstnev —Vitebsk viloyati gubernatori. Vitaliy Vovk sanoat vaziri. Anatoliy Cherniy arxitektura va qurilish vazirligiga rahbarlik qiladi. Oleg Dvigalev davlat harbiy-sanoat qo‘mitasi raisi. Stanislav Zas mamlakat xavfsizlik kengashini boshqaradi.
Ayniqsa sanoat vaziri Lukashenkoning keskin noroziligiga sabab o‘ldi va vazir Orshansk asbobsozlik zavodiga ishga jo‘natildi.
«Agar bu yerda bergan topshiriqlarim bajarilmasin-chi. Vovkni shu yerga ishga jo‘nating — butun sanoatni oldinga tortsin. Qanday lavozimda ishlashini kecha Sherstnevga aytganman: belgilab berishsin», — deya ogohlantirdi prezident amaldorlarni.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

00:13 / 28.09.2024
Lukashenko NATO davlatlariga yadroviy zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi

19:03 / 07.10.2022
Lukashenko Putinga traktor sovg‘a qildi, Rahmon esa qovun-tarvuz piramidasini

15:13 / 03.06.2021
Lukashenko Belarusda ikkinchi AES qurilishi mumkinligini aytdi

17:14 / 27.05.2021