O‘zbekiston 106 million dollarlik uran sotdi

Iqtisodiyot 14:17 / 13.08.2018 22758

O‘zbekiston joriy yilning yanvar-iyul oylarida 106 million dollarlik uran sotdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 94,7%ni tashkil etdi. Importning umumiy tuzilmasida kimyo mahsulotlari 6,9% ulushga ega.

Umuman olganda, kimyo mahsulotlari va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmi 530 mln AQSh dollarini tashkil etdi, o‘sish 104%ga teng.

Shundan 219 million dollari MDH mamlakatlari, 311 million dollari — boshqa mamlakatlarga to‘g‘ri keldi (aniqlik kiritilmagan).

Ko‘proq yangiliklar: