Buffonning debyut o‘yinida «PSJ» qatorasiga 6-marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Getty Images
Xitoyning Shenjyen shahridagi markaziy stadionda bo‘lib o‘tgan Fransiya Superkubogi bahsida favorit «PSJ» «Monako»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Anxel Di Mariya jarimadan yo‘llagan super zarbasi bilan hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Kristofer Nkunku chap qanotdan uzatilgan to‘pni darvozabonga burib yuborib, parijliklarning tanaffusga ikkita to‘p farqi bilan yo‘l olishini ta'minladi.
Ikkinchi bo‘lim ham asosan «PSJ» nazorati ostida o‘tdi. 67-daqiqada yana chap qanotdan uyushtirilgan hujum Jorj Veaning goli bilan yakun topdi. O‘yinga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Di Mariya ofsayd bordek ko‘ringan vaziyatda ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi – 4:0.
Shu tariqa, «PSJ» yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning qo‘l ostidagi ilk rasmiy o‘yinida o‘z tarixida sakkizinchi marta, 2013-yildan buyon esa ketma-ket oltinchi marta Fransiya superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fransiya Superkubogi - 2018
PSJ – Monako 4:0 (2:0, 2:0)
«Shenzhen City Stadium». 41237 tomoshabin
Gollar: 1:0 – 33 Di Mariya, 2:0 – 40 Nkunku, 3:0 – 67 Vea, 4:0 – 90 Di Mariya.
PSJ – Buffon, Dagba, Riman, Tiago Silva (Berned, 74), Nsoki, Verratti (Neymar, 76), Rabo, Nkunku, Diarra (Markinos, 64), Di Mariya, Vea.
Monako – Benalo, Radji, Serrano, Glik, Jyemerson, Tilemans, Pele (Diop, 46), Axolu, Roni Lopesh (Jordi Mboula, 65), Gransir (Keyta Balde, 46), Yovetich.
Ogohlantirish: Axolu (5).
Mavzuga oid

15:42 / 23.01.2025
«Siti» pley-offga endi qanday chiqadi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi

14:31 / 02.11.2024