Tramp madhiyaga hurmatsizlik qilgan sportchilarni jazolashga chaqirdi

Sport 14:10 / 21.07.2018 8415

AQSh prezidenti Donald Tramp davlat ramzlariga hurmatsizlik qilgan Milliy futbol ligasi (MFL, amerikacha futbol) sportchilarini jazolashga chaqirdi.

Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida yozdi.

«MFL o‘yinlari paytidagi milliy madhiya bo‘yicha bahslar davom etmoqda, bunga ishonish qiyin! Nahotki reglamentda o‘yinchilar qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, tik turishlari yozilmagan bo‘lsa? Liganing 40 million dollar maosh oladigan  komissioneri bayonot berishi lozim: ilk qoidabuzarlik uchun — 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish, ikkinchisi uchun — 1 mavsumga diskvalifikatsiya yoki maoshidan mahrum qilish!», — deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.

Gap milliy madhiya ijro qilinayotgan paytda namoyish etilayotgan norozilik aksiyasi haqida ketmoqda. O‘yinchilar bir tizzasiga tayangan holda turib, Amerikaning qoratanli aholisi muammolariga e'tibor qaratishlarini talab qilishmoqda.

Ayniqsa, Amerika yetakchisi tomonidan bunday tadbirni davlat ramzlariga hurmatsizlik deb baholanishidan so‘ng, namoyishkorona aksiya miqdori oshib ketgan. 

«Bir tizzaga tayanib turish masalasining irqiy muammoga aloqasi yo‘q. Gap mamlakatga, uning bayrog‘i va madhiyasiga hurmatsizlik haqida ketmoqda», — deb yozgan edi Tramp bir yil oldin.

May oyida MFL o‘yinchilarga bir tizzaga tayanib turishni taqiqlagan edi. Ammo, o‘yinchilar kasaba uyushmasi bu qarorni ma'qullamadi.

Ko‘proq yangiliklar: