Buklanadigan ekranli ilk smartfon qachon chiqishi aniq bo‘ldi

Fan-texnika 11:58 / 19.07.2018 11822

Samsung korporatsiyasi 2019 yilning birinchi yarmida kitobga o‘xshab buklanadigan ekranli smarftonini ishlab chiqaradi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

Uning ekrani 7 dyuymli bo‘lib, o‘rtasidan kitob kabi buklanadi. Smartfon akkumulyatori yuqori sig‘imda bo‘lishi aytilmoqda. Buklangan holatda smartfonning «yuz» qismida kichikroq displey faollashadi, orqa qismida kameralar joylashadi. Gap-so‘zlarga qaraganda, bu gadjyetni ishlab chiqarishga 2011 yilda kirishilgan bo‘lib, 2016 yil oxirida namoyish qilinishi rejalashtirilgan, ammo namoyish bir necha marta ortga surilgandi.

Ishlab chiqaruvchilar unga Winner («G‘olib») deb nom berishgan. Smartfon narxi 1500 dollar bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Agarda marketologlar smartfon sotuvlari boshlanishini muvaffaqiyatli deb baholashsa, 2019 yilning ikkinchi yarmida Samsung uni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni boshlaydi.

Avvalroq Gizmochina portali o‘z manbasiga tayanib Samsung 2019 yil yanvarida bo‘lib o‘tadigan CES ko‘rgazmasida buklama smartfonini namoyish etishini xabar qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: