Kubadagi aviahalokat sababi ma'lum qilindi

Jahon 09:10 / 17.07.2018 7387

May oyida Kubada sodir bo‘lgan aviahalokat uchuvchilar xatosi sababli yuz bergan. Bu haqda halokatga uchragan samolyotga egalik qilgan Global Air kompaniyasi rahbari Manuel Rodriges ma'lum qildi. 

Mutaxassislar samolyotdagi bort ovoz yozgichi va parvoz axboroti qayd qilgichidan olingan ma'lumotlar asosida shunday fikrga kelganlar. 

“Samolyot ekipaji halokatgacha bajargan barcha harakatlarni gavdalantirish uchun simulyatorda parvoz rekonstruksiya qilindi. Bu uchuvchilar parvozni katta burchak ostida bajarishgani, bu esa ko‘tarish kuchi yo‘qolishi va samolyotning qulashiga sabab bo‘lganini ko‘rsatgan”, deb ma'lum qilgan Rodriges.    

Bortida 104 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti 18 may kuni Gavana aeroportidan deyarli ko‘tarilishi bilanoq yerga qulagan. Oqibatda 112 kishi, jumladan 5 bola halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: