Beyl «Real»da qolishga rozi bo‘ldi

Sport 21:20 / 17.07.2018 11812

«Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoa yarimhimoyachisi Garet Beyl bilan suhbat o‘tkazib, uni Madrid klubida qolishga ko‘ndirgan. 

The Telegraph xabarida qayd etilishicha, Lopetegi uelslik futbolchini jamoaning asosiy futbolchisi sifatida ko‘rmoqda va uni boshqa klubga berib yubormoqchi emas.

Mutaxassis unga yangi mavsumda ko‘proq ishonch bildirishni va'da qilgan. Shundan so‘ng, Beyl fikrini o‘zgartirib, Madridda qoladigan bo‘lgan.

Avvalroq, ushbu futbolchi juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani sababli «Real»ni tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga asosiy da'vogar sifatida «Manchester Yunayted» jamoasi aytilgan.

Beyl «Real» safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilgacha tuzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: