Foto: Taqdirlash marosimi vaqtida yomg‘ir quydi. Faqat Putinga zontik tutildi

Sport 15:00 / 16.07.2018 25444

15 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida jahon chempionati final uchrashuvi o‘tkazildi. O‘yin Fransiyaning Xorvatiya ustidan 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinni tribunadan mezbon davlat rahbari Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino hamda finalchilar - Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham kuzatib borishdi.

Ular hakamning o‘yin tugagani haqidagi hushtagidan keyin maydonga chiqib kelishdi va futbolchilarni taqdirlash marosimida qatnashishdi.

Shu vaqtda qo‘qqisdan yomg‘ir quyib yubordi. Bu vaziyatda darhol Rossiya prezidentiga soyabon tutishdi. 7 daqiqa o‘tibgina uning yonidagi arboblarga soyabon keltirildi, bu vaqt ichida esa ular jiqqa ho‘l bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat turli piching va kinoyalarga sabab bo‘ldi. Internet foydalanuvchilarining aksariyati chempionat mezbonlarini madaniyatsizlikda ayblagan.

Ko‘proq yangiliklar: