Yevropalik ekspertlar ipakchilarga ko‘mak beradi

O‘zbekiston 12:22 / 13.07.2018 4015

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Sharipov Avstriyada mamlakatimizda ipakchilikni yanada rivojlantirish, xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida YuNIDO va FAO vakillari bilan kelgusida hamkorlikda bajariladigan loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Ana shunday uchrashuvlardan biri – BMTning sanoat rivojlanishi bo‘yicha tashkiloti YuNIDOning bosh direktori Li Yong bilan bo‘ldi. 

Foto: O‘zbekipaksanoat

Uchrashuvda janob Li Yong joriy yilning aprel oyida YuNIDOning ekspertlari O‘zbekistonda bo‘lgani, ular ipakchilik sohasini yanada rivojlantirish istiqbollarini o‘rganib, ijobiy taassurotlar bilan qaytishganini, kelgusida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirilishini ta'kidladi. 

Uchrashuvda ipak sanoatini texnologik jihatdan yangi bosqichga olib chiqish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalar ustida ishlanayotgani ma'lum qilindi. 

Foto: O‘zbekipaksanoat

Muzokaralar natijasida OFID vakillari loyihalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Tashkilotning Osiyo departamenti boshlig‘i A.Taylxardat va Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i A.Alxunaif joriy yilning sentabr oyida O‘zbekistonga kelib, sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishish istagini bildirdi. 

Foto: O‘zbekipaksanoat

Eslatib o‘tamiz, OFID 1976 yilda rivojlanayotgan davlatlarga texnik va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 134 dan ortiq davlat ushbu tashkilot bilan manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirmoqda. YuNIDO esa 1966 yil tashkil topgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi rivojlanayotgan davlatlarning industrial yuksalishiga ko‘maklashishdir. Hozirda dunyodagi 167 davlat bu tashkilotning a'zosi hisoblanadi. Ular sirasiga O‘zbekiston ham kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: