WhatsApp hindistonliklarga soxta xabarlarni aniqlashni o‘rgatdi

Fan-texnika 12:05 / 11.07.2018 3983

Facebook kompaniyasiga tegishli bo‘lgan WhatsApp messenjeri Hindistonning yetakchi gazetalarida soxta xabarlarni aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomani chop etdi.

Foto: Twitter/@AnujSrivas

Servis messenjer orqali tarqatilayotgan mish-mishlar sababli, aybsiz odamlarga hujum uyushtirish holatlarining ko‘payib ketganidan so‘ng, shunday qilishga majbur bo‘ldi.

WhatsApp odamlarni qayg‘uga solishi yoki darg‘azab qilishi mumkin bo‘lgan xabarlarni, fotosuratlar va havolalarni boshqa manbalar orqali tekshirib ko‘rishni tavsiya qilmoqda. Bundan tashqari, soxta xabarlar 
virus bo‘lishi ham mumkinligidan ogohlantirmoqda.

WhatsApp mutaxassislari tarqatilayotgan xabarlarni ajratib ko‘rsatuvchi maxsus belgini ham joriy qilishdi. 

«Bu belgi tufayli yuborilayotgan xabarning haqiqatdan ham do‘stingiz yoki qarindoshingiz orqali yozilgani, yoki boshqa birovning yozgan xabarini sizga yuborilayotganini bilish mumkin», — deyiladi servis blogida.

Hafta davomida WhatsApp xuddi shunday xabarlarni ingliz, hind va boshqa tillarda Hindistondagi barcha kundalik gazetalarda chop etishni rejalashtiryapti.

WhatsApp messenjerining Hindistondagi oylik auditoriyasi 200 million foydalanuvchidan ortiqdir. So‘nggi paytlarda odamlarni o‘g‘rilab ketish holatlari haqidagi messenjer orqali tarqatilgan xabarlarni muhokama qilish jarayonida, aybsiz shaxslarga hujum qilish holatlari ko‘paygan edi. Oxirgi uch oy ichida Hindistonning bir necha hududlarida kamida 17 odam olomon tomonidan urib o‘ldirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: