Xitoy innovatsion mamlakatlar reytingida yuqoriladi, O‘zbekiston unda yo‘q

Fan-texnika 12:08 / 11.07.2018 11665

Xitoy birinchi marta eng innovatsion mamlakatlar reytingi yigirmataligiga kirib, Innovatsiyalar global indeksida (GII) 2018 yil ko‘rsatkichlariga ko‘ra 17-o‘rinni egalladi.

Innovatsiyalar global indeksi 2007 yildan beri INSEAD Xalqaro biznes maktabi, Kornel universiteti va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan hisoblab boriladi.

Cornell Chronicle nashri xabariga ko‘ra, indeksning hisoblanishida 80dan ortiq ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Indeks innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qiluvchi mutasaddi tashkilotlarga yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.

Nashrning ta'kidlashicha, Xitoyning 2018 yilgi reytingdagi taraqqiyoti mamlakat rahbariyatining transformatsiyasidan dalolat bermoqda. Bunda Xitoy iqtisodiyoti ilm-fan yutuqlariga asoslangan soxalarga ko‘proq yuz tutmoqda.

Innovatsiyalar global indeksidan (GII) 126ta mamlakat o‘rin olgan. Ro‘yxatni Shveytsariya, Niderlandiya va Shvetsiya boshqarib kelmoqda. O‘zbekiston bu indeksdan joy olmagan. O‘z navbatida Rossiya 46, Qozog‘iston 74, Qirg‘iziston 94, Tojikiston 101-o‘rinda qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: